Real YCHLni yutgani uchun Zidan 300, Benites 600 ming evro oladi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016, 16:56
Real klubi sobiq ustozi Rafael Benites madridliklar YCHLda g'olib chiqishgani uchun 600 ming evro mukofot oladi.

Jamoani Yevropa chempionlar ligasi g'olibligiga Zinedin Zidan olib bordi, biroq Benitesning shartnomasida Real YCHLda chempion bo'lsa 600 ming olishi belgilab qo'yilgandi. Klubning barcha futbolchilari ham aynan shunchadan mukofot olishadi. Qizig'i Zidan chempionlik uchun atiga 300 ming evroga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Benites Realdan yanvar oyi boshidayoq ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it