“Real” Di Mariyani sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi

24 dek 2013, 12:34
“Real”, kelasi yozda yarim himoyachisi Anxel Di Mariya bilan xayrlashmoqchi.

Madridliklar rahbariyati, 25 yoshli Argentina terma jamoasi o'yinchisining agenti, mijozining yanvarda “Monako”ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarni ommaga ma'lum qilganidan norozi, deb xabar beradi Marca.

Bundan tashqari, Di Mariyaning o'zi raqobatni yana bir yarim himoyachi Garet Beylga boy berayapti. Ushbu mavsumda argentinalik futbolchi 23 ta o'yindan 17 tasida birinchi daqiqadanoq maydonga tushgan.


Manba: sports.ru