"Real" "Chelsi"ga 100 mln. funt taklif qildi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 15:50
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua va yarim himoyachi Villian "Real" qiziqishlari doirasida.

Madrid klubi londonliklarning ikki futbolchisi uchun 100 mln. funt taklif qildi.

"Chelsi" bu taklifni jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, inglizlar Kurtuaga o'rinbosar topmaguncha uni sotmaydi va ayni damda "Real" bilan muzokaralar to'xtatilgan.

Agar klub yangi darvozabon xarid qilmasa, belgiyalik jamoada qoladi va kelasi yil "Qirolli klubi"ga erkin agent sifatida o'tadi.

Kurtua so'nggi mavsum APLning 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 34ta gol o'tkazib yubordi. Villian esa 36ta o'yinda 6ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail