"Real" Beylni APL klubiga ijaraga berib yuborishga tayyor. Uelslik rozi

Alisher
15 sen 2020, 16:26
"Real" vingeri Garet Beyl Madrid klubini tark etishi mumkin.

"Real" 31 yoshli o'yinchini APL klubiga ijaraga berishga tayyor. Bundan tashqari klubdan ketishga anchadan beri qarshi chiqayotgan Beyl ham bunga rozi.

Madridliklar uchun Beyl muammosi ayon: klub uning maoshining bir qismidan qutulish uchun uni ijaraga berib yuborishni afzal ko'radi. 

Aks holda yana tortishuv davom etadigan bo'lsa o'yin uchun qaydnomaga ham kirmaydigan futbolchiga to'liq maoshni to'lashga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER