"Real", "Bavariya" va "Man Siti" germaniyalik futbolchi uchun kurashadi

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2024, 15:53
Florian Virc top-klublar e'tiborini tortishda davom etmoqda.

"Real", "Bavariya" va "Manchester Siti" kabi grandlar hujumkor yarim himoyachini o'z safida ko'rishni istamoqda.

O'z navbatida, "Bayer" o'z futbolchisini 100 mln funt sterlingga baholamoqda va undan kamiga sotish niyati yo'q.

"Bayer" ayni damda Bundesliga peshqadami bo'lib turibdi. Virc esa o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda u Bundesliganing 18 o'yinida 5 ta gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild