"Real" - "Bavariya". Ronaldu uchinchi golni urganida Noyer oyog'ini sindirib oldi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2017, 11:36
"Bavariya" posboni Manuel Noyer "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida (2:4) chap oyog'ini sindirib oldi.

"Bavariya" rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, Noyer Myunxenda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shunday so'ng uning safga qaytish muddati e'lon qilinadi.

Darvozabon 109-daqiqada Ronaldu uchinchi golini ofsayddan urganida oyog'ini sindirib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia