Real – Barselona. Uchrashuvni Undiano Malenko boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 08:45
Ispaniya chempionati 29-turidan o'rin olgan Real va Barselona o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradigan hakam nomi ma'lum bo'ldi.
23 mart kuni Santyago Bernabeuda bo'lib o'tadigan bahsni  Undiano Malenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, 2011 yil 40 yoshli hakam bu klublar ishtirokidagi Ispaniya kubogi finalini boshqargan, o'sha uchrashuv Realning g'alabasi bilan tugagan.

Bu mavsumda Malenko Atletiko – Barselona o'yinida ham (0:0) ishladi.

Oldinroq Real - Barselona uchrashuvini Klos Gomes boshqarishi xabar qilingandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru