"Real" Azarni olish uchun yetakchilaridan birini qurbon qilishga tayyor

Tolibjon Qosimov
3 dek 2018, 12:46
Madridning "Real" klubi "Chelsi" yulduzi Eden Azar transferiga Toni Kroosni qo'shish variantini ko'rib chiqmoqda.

Ingliz klubi Azar borasidagi qator takliflarni rad etib kelmoqda va ular belgiyalikning yangi shartnoma tuzishiga umid qilishayapti.

"Don Balon" nashrining xabar berishicha, Kroos "Chelsi" Azarni qo'yib yuborishida asosiy "qurol" bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Azar APLda 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Kroos esa LaLigada 11ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon