

Madrid klubi kecha Yevropa Superkubogi uchun bo'lgan o'yinda "Ayntraxt" (2:0)ni yutdi.
Shunday ekan, "Real" 2014 yildan beri o'zi ishtirok etgan 19ta finalning 17tasida g'alaba qozondi. Finallardagi ikki mag'lubiyat ham "Atletiko"dan qabul qilib olingan. Gap 2014 yilgi Ispaniya Superkubogi va 2018 yilgi Yevropa Superkubogi haqida ketmoqda.
"Real" bu vaqt davomida Chempionlar Ligasida besh marta, klublar o'rtasidagi JCH va Yevropa Superkubogida to'rt marta, uch bor Ispaniya Superkubogida va bir bor Ispaniya Kubogida g'alaba qozongan.



