Rays: "Durang adolatli natija bo'lardi"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022, 11:11
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays APLning 23-turi doirasida "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"O'yin durangga mos edi deb hisoblayman. Chunki golga tortadigan vaziyatlar juda kam bo'ldi. Ammo shunday o'yin ko'rsatib turgan paytdagi so'nggi 20 soniya bizni g'azablantiradi, albatta.

Ular bor e'tiborni hujumga qaratayotgan paytda bizda kuch etarlicha edi, qarshi hujumlarda o'ynashga tayyor edik. So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborish - tishga zarba bergandek gap. Ammo biz kuchli to'rtlik uchun kurashni davom ettiramiz. Bugungi o'yin qiyin o'tishini bilardik.

"Old Trafford"da kelganimda doimo aytganman, bu stadion men uchun eng sevimli joylardan biri. Ajoyib stadion!", - dedi Rays.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal