Rayola Xolandning yangi jamoasi uchun 50 mln evro maosh talab qiladi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2021, 20:04
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland yangi klubida qanday maosh olishni xohlashi ma'lum bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, agent Mino Rayola potencial xaridorlardan futbolchi uchun yiliga 50 million evro maosh so'raydi. Bu miqdor agentlik komissiyalarini o'z ichiga olmaydi.

Norvegiyalik forvard uchun bunday miqdorni talab qilishining sabablaridan biri Xoland va "Borussiya" o'rtasidagi shartnomada qatiy tovon puli - 75 million evro etib belgilanganligidadir. Erlingni o'z qiymatidan pastroq miqdorda sotib olish mumkin bo'lganligi sababli futbolchi yuqori maosh va komissiya to'lovlariga erishmoqchi.

Hujumchi dortmundliklar safida 67 o'yinda 68 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia