"Hisob barchasini aytib turibdi. Bugun "Sho'rtan" bizdan kuchli o'yin ko'rsatib g'alabaga erishdi. Afsuski bizda juda ko'p muammolar bor. Ichki muhit, jamoa ruhi, tarkibimiz bo'yicha muammolar mavjud. Eng asosiysi futbolchilarimizda qandaydir befarqlik hukm surmoqda. Shu narsa meni o'ylantirmoqda.
Uchrashuv boshida ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bunda Eldor Tojiboevning mahoratini ham ta'kidlab o'tish lozim. Shogirdlarim himoya va yarim himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Qarshi hujumlarda raqib bizni jazoladi.
Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq. O'z klubida yaxshi o'yin ko'rsatsa albatta terma jamoa murabbiylari unga e'tibor qaratishadi.
Keyingi o'yinimiz "Lokomotiv"ga qarshi bo'ladi. "Sho'rtan" bilan bahs endi tarixga aylandi. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, unutib "temiryo'lchilar" bilan bahsga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak", - deydi Ravshan Haydarov.
"Sho'rtan" matbuot xizmati