Dastlab maydon egalari bosh murabbiyi yig'ilganlar savollariga javob berib o'tdi.
"Juda og'ir uchrashuvlardan birini o'tkazdik. Bugun biz uchun natija juda muhim va shuning uchun chiroyli o'yin ko'rmagan bo'lishimiz mumkin. Ochig'ini aytsam bugun faqat natija uchun o'ynadik. Futbolchilarim ko'rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Albatta kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. Biz o'yin boshidanoq gol urib olganimiz bizga qo'l keldi. Bugun natija kerakligi uchun butun o'yin davomida yigitlar hayajon bilan uchrashuv o'tkazdi va bu bizga ko'p vaziyatlarda pand berdi. Muhimi natijani qo'lga kiritdik va xursandmiz" - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi Ravshan Haydarov
- Bugungi uchrashuvda "Metalllurg"ning bu darajada kuchsiz va sifatsiz o'yini sizni hayron qoldirmadimi ?
O'ylashimcha "Metallurg" kuchsiz o'yin ko'rsatmadi. Keyin "Metallurg" juda yaxshi shakllangan jamoa va ular ko'p yildan buyon o'zakni almashtirmaydi. Ulardan to'pni olib qo'yishning o'zi bir mashaqqat edi. Ular golli vaziyatlar yaratishdi va bunda omad biz tarafda bo'lganini aytishim kerak. Ayniqsa o'yin oxirida ular hisobni tenglashtirib ketishi ham mumkin edi lekin Melinichuk bizni qutqardi.
- Keyingi uchrashuv "Guliston" ga qarshi bo'lib o'tadi va bugun "Guliston" mag'lubiyatga uchradi. Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga qarshi o'yin oldidan fikrlariningizni aytib o'tsangiz ?
Biz oxirgi uchrashuvlarni barchasini g'alaba bilan tugatmoqchimiz. Bizni oldimizda ham o'zimizga yarasha vazifalarimiz bor. Ruhiy holat uchun ham qancha yuqorida tursak shuncha yaxshi bo'ladi. Oxirgi ikki uchrashuvda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz.