Ravshan Ermatov Qashqadaryoda o'tadigan futbol shousida hakamlik qiladi

Narzulla Saydullayev
1 may 2021, 13:05
Joriy yilning 7-10 may kunlari Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida aholi, ayniqsa, uyushmagan va “temir daftar”ga kiritilgan yoshlar, mehnat muhojirlari (migrant) o'rtasida sportning 16ta turi bo'yicha “Kichik Olimpiya o'yinlari” musobaqalari bayramona tarzda o'tkaziladi.

Shuningdek, 2 may kun Qarshi shahridagi “Geolog” o'yingohida “temir daftar”ga kiritilgan yoshlar o'rtasida futbol shousi tashkil etiladi.

Ushbu musobaqada doirasida o'tadigan bahslarni O'FA Birinchi vice-prezidenti - O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Ravshan Ermatov boshqarib boradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia