Qashqadaryo viloyati hokimi mavsum starti oldidan “Nasaf” a'zolari bilan uchrashdi

Alisher Ostonov
1 mar 2026, 16:34
“Nasaf” bugun O'zbekiston Superligasida ishtirokini boshlaydi.

“Mavsum starti arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Berdialievich Azimov “Nasaf” futbol klubining qarorgohiga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida viloyat rahbari “Nasaf” futbol klubining nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublika miqyosida ham muhim o'rin tutishini alohida etirof etdi. Shuningdek, klub kelgusida ham O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari uchun iqtidorli futbolchilarni etkazib beruvchi asosiy tayanch baza sifatidagi faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Yakunda Murotjon Azimov jamoaga yangi mavsumda muvaffaqiyat, omad va yuqori natijalar tiladi”, - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати