Kitob tumanida yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi
7 noya 2026, 13:49
Qashqadaryoning Kitob tumanida tadbirkor Jahongir Halimov tashabbusi bilan 75x55 metr o'lchamdagi, zamonaviy sun'iy qoplamali futbol maydoni barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur sport inshooti tumandagi bolajonlar va yoshlarning futbol bilan muntazam shug'ullanishlari, o'z iqtidor va mahoratlarini namoyon etishlari hamda sog'lom turmush tarziga amal qilishlari uchun munosib sharoit yaratadi.