Ravshan Ermatov beshinchi marta Osiyoda tengsiz!

Narzulla Saydullayev
30 noya 2014, 18:52
Bugun Osiyo futbol Konfederatsiyasi 2014 yilgi eng yaxshilarni taqdirlamoqda.
Quvonarlisi o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov yilning eng yaxshi hakami yo'nalishida g'olib chiqdi.

Takidlash lozimki, Ermatov beshinchi bor Osiyoning eng yaxshi hakami bo'ldi. Bunga qadar hamyurtimiz 2008, 2009, 2010 va 2011 yillarda qitada eng yaxshi bo'lgandi.

Ravshan Ermatov 2014 yil Braziliyadagi Jahon chempionatining to'rtta uchrashuvida ishladi va mundialda eng ko'p o'yinni boshqargan hakam sifatida rekord qayd etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia