Ravshan Bozorov: "Saviya..."

Narzulla Saydullayev
16 sen 2016
“Navbahor” jamoasi bosh menedjeri Ravshan Bozorov "Obod"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

O'yinni umumiy oladigan bo'lsak, xunuk ahvolda bahsni boy berdik. Bu borada tahliliy ishlarni olib boramiz. Urganamiz" - deydi Bozorov

- Bugun "Obod" suvdagi baliqdek erkin harakat kildi 

- Ha, shunday bo'ldi. Bugun qizishib ketdikmi, bilmayman....

- Himoyachi degan tupni o'ziga bo'y sundirib, hujum boshlashi kerak emasmi, sizning himoyachilar esa to'pni to'g'ri kelgan joyga tepish bilan band bo'ldi

- Saviya...

- 30/35 metrlardan "ramka"ni poylay oladigan Jabborov bugun ikki marotaba jarima maydonchasi ichida to'pni tepaga tepdi? Bu uni mavsum tugamay charchaganidanmi eki tajribasizlik?

- Sifatsizlik. Undan tashqari Dilshodda jarohat ham bor edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia