Ravshan Bozorov: “Nasaf" bugun haqiqiy g'alabaga erishdi"

Narzulla Saydullayev
23 okt 2016, 07:05
Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Navbahor” futbol klubining menedjeri Ravshan Bozorov qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

-“Nasaf” bugun haqiqiy g'alabaga erishdi. Ular bizga nisbatan ancha kuchli o'yin namoyish etishdi. Bu g'alaba  bilan ularni tabriklayman. Albatta bugun tarkibimizda diskvalifikaciya va jarohati tufayli bir qancha o'yinchilarimiz maydonga tushishmadi, bugun yetakchi o'yinchilarimizning o'rni bilindi. Oqibatda ularning o'rniga yosh futbolchilarimizni maydonga tushirdik, ammo ular “Nasaf” jamoasi o'yinchilariga nisbatan ancha tajribasizlik qilishdi. “Nasaf” esa bugun yuqori  mahorat bilan o'yin ko'rsatdi.

Oldimizdagi vazifa? Qanday vazifa to'g'risida gapirish mumkin. Biz oliy ligadada qolish uchun uchun kurash olib borayapmiz. Buning uchun qolgan o'yinlarda ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. “Navbahor”ni oldingi holatiga qaytarish uchun juda ko'p ish qilish kerak. Avvalo bolalar futboliga e'tibor berishimiz kerak. Namanganda iqtidorli yoshlar juda ko'p, ular uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. Ko'pgina yoshlarimiz poytaxtga kyetib qolayapti. Umuman mavsum tugagandan so'ng, bu haqda batafsil o'ylab ko'rsak bo'ladi. Hozir esa, oliy ligada qolishni uddalashimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz