"Real"ning afsonaviy hujumchisi Raul jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni jahonning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
"Krishtianu Ronaldu, hech shubhasiz, jahonning bugungi kundagi eng kuchli futbolchisidir. Hozir u o'z faoliyatidagi eng yaxshi davrni boshdan kechiryapti. Uning natijalari va barqarorligi kishini lol qoldiradi", dedi Raul.