Raul Nyu-York Kosmosga o'tadimi?

Narzulla Saydullayev
7 okt 2014, 10:00
Real klubi sobiq hujumchisi Raul Nyu-York Kosmos bilan shartnoma tuzishi mumkin.
37 yoshli ispan bir necha kun davomida oilasi bilan Nyu-Yorkda bo'ldi va Nyu-York Kosmos klubi o'yinini kuzatdi. Futbolchi klub rahbariyati bilan muzokara ham o'tkazdi.

Raulning Al-Sadd bilan amaldagi shartnomasi yozda tugadi. Lekin ko'rinishidan ispaniyalik to'purar faoliyatini tugatmoqchi emas va o'z kuchini AQSH ligasida sinab ko'rmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru