Rasmiy xabar: "So'g'diyona" uch futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Narzulla Saydullayev
26 iyul 2019, 14:31
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi davralar oralig'ida uch nafar yangi futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
Jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan Jasur Hasanov, Ivan Nagaev va Sherzod Fayziev "So'g'diyona" bilan rasman shartnoma tuzishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.