Rasmiy xabar: Ertaga “Navbahor”da jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi

Mirjalol Normatov
6 okt 2018
Oxirgi paytlarda “Navbahor” futbol klubida bosh murabbiy o'zgarishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar ko'payib ketdi.

“Bunyodkor” bilan bo'lib  o'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng Mo'minjonovning o'rnini boshqa bir mutaxassis egallashi mumkinligi ko'p bora takidlanmoqda. Superliganing 25-turi doirasidagi Toshkentda “Bunyodkor”dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketdi.

“Qaldirg'ochlar”dan uchralgan mag'lubiyatdan muxlislarning kayfiyati tushib ketganligi bor gap. Har holda jamoamiz ishqibozlari Toshkentga ijobiy natija ilinjida yo'l olishgandi. Lekin, natija kutilgandek bo'lmadi. Ayni paytda viloyat futbol assotsiatsiyasi va klub rahbariyati vaziyatni o'nglash, muxlislarning “Navbahor” jamoasiga bo'lgan mehrini qaytarish ustida ish olib borishmoqda. Barchaga ma'lumki, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov jamoani yuqori o'rinlar uchun kurashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Aynan viloyat rahbarining say-harakatlari samarasi o'laroq, “Navbahor” avvalgi obro'sini yana tiklashga intilmoqda. Klubda hammasi yaxshi bo'lishi uchun hozir ham bosh qotirilmoqda.

Muxlislarimizni xotirjam qilgan holda takidlash joizki, ertaga “Navbahor” jamoasida jiddiy o'zgarishlar ro'y berishini aytishimiz mumkin. Ertaga “Navbahor” PFKda katta yig'ilish o'tkaziladi va klubda bir qator yangiliklar ro'y beradi. Mazkur yangiliklardan birinchi bo'lib, rasmiy saytimizda xabar beramiz. Bir so'z bilan aytganda, jamoamiz muxlislarining ishonchlarini oqlash va ularni xursand qilish uchun “Navbahor” PFK tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Eshitdik-da! "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Navbahor" bosh murabbiyi bo'ladi

Ilhom Mo'minjonov: "Kanchelskis keladi? Buni sizdan eshitdim"




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz