Rasmiy xabar: YCHL va Yevropa Ligasi 2020/21 yilgi mavsumining saralash hamda guruh bosqichi qachon boshlanishi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2020, 21:20
UEFA ijroiya qo'mitasi Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasining keyingi mavsum formati va taqvimini tasdiqladi.

Demak, ikkala turnirning saralash raundi bahslari bitta o'yindan iborat bo'ladi. Ushbu bellashuv mezbonlari esa qur'a natijasida aniqlanadi.  Istisno tariqasida, YCHL kvalifikaciyasining so'nggi pley-off bosqichi uy va safar tizimida o'tadi.

Chempionlar Ligasi – 2020/21 taqvimi

– Dastlabki saralash raundi: 8 va 11 avgust kuni o'tkaziladi

– Birinchi saralash raundi: 18/19 avgust

– Ikkinchi saralash raundi: 25/26 avgust

– Uchinchi saralash raundi: 15/16 sentyabr

– So'nggi pley-off raundi: 22/23 va 29/30 sentyabr

– Guruh bosqichi: 

1-2-tur: 20/21 va 27/28 oktyabr

3-4-tur: 3/4 va 24/25 noyabr

5-6-tur: 1/2 va 8/9 dekabr.

Yevropa Ligasi – 2020/21 taqvimi

– Dastlabki saralash raundi: 20 avgust

– Birinchi saralash raundi: 27 avgust

– Ikkinchi saralash raundi: 17 sentyabr

– Uchinchi saralash raundi: 24 sentyabr

– So'nggi pley-off raundi: 1 oktyabr

– Guruh bosqichi:

1-2-tur: 22 va 29 oktyabr

3-4-tur: 5 va 26 noyabr

5-6-tur: 3 va 10 dekabr

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA