Rasman: "Yuventus" Tudorni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025
"Yuventus" Igor Tudorning jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilganini rasman e'lon qildi.

Uning yordamchilari Ivan Yavorchich, Tomislav Rogich va Rikkardo Ranyachchi ham klubni tark etmoqda.

"Keksa sinora"ni vaqtincha Massimo Brambille boshqarib turadi. U turinliklarni "Udineze" bilan uchrashuvda maydonga boshlab tushadi.

Klub Tudor va uning shtabiga so'nggi bir necha oy davomidagi professionalligi va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirdi va ularga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma'lumot uchun, Turin jamoasi ayni paytda A Seriyada 7-pog'onada ketmoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com