Rasman: "Yuventus" fransiyalik xavbek bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
1 iyul 2019, 22:55
"Yuventus" sayti fransiyalik futbolchi Adrien Rabioning transferini rasman e'lon qildi.

24 yoshli xavbek erkin agent maqomida turinliklar safiga kelib qo'shildi.  U avvalgi jamoasi PSJda 2012-2019 yillar oralig'ida harakat qilgandi.

Avvalroq, yarim himoyachining "Yuve"da yiliga 7 mln. evro maosh olishi, shuningdek, uning transferi bilan shug'ullangan onasi Veronika Rabio esa 10 mln. evro miqdoridagi mablag'ga ega bo'lish aytilgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi necha yilga mo'ljallangani esa sir tutilmoqda.Biroq, ayrim manbalarga ko'ra, tomonlar 4 yillik kelishuvga erishgan.

Shuningdek, bugun iyul boshidan erkin agent maqomiga o'tgan Aaron Remzi ham "keksa seniora" tarkibiga qo'shilganini ma'lum etdi.   

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com