Rasman: Xorxe Sampaoli Liga 1 jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Eldor Akmurzayev
9 mar 2021, 21:35
Bugun “Marsel” matbuot xizmati, Xorxe Sampaoli jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman tasdiqladi.

Klub direktori Pablo Longoriya mutaxassisni ommaga tanishtirdi. Andre Villash-Boash iste'foga chiqarilganidan keyin jamoani vaqtincha Nassim Large boshqarayotgandi.

Sampaoli yangi jamoadagi debyutini ertaga, Fransiya chempionati 22-turi doirasida qoldirilgan “Renn”ga qarshi bahsda o'tkazadi.

“Marsel” 27 ta o'yin o'tkazgan xalda musobaqa jadvalida 39 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

Ma'lumot o'rnida, 60 yoshli argentinalikning so'nggi ish joyi “Atletiko Mineyro” bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/OM_Officiel