Rasman: Xaver Maskerano "Inter Mayami" bosh murabbiyiga aylandi

Administrator
26 noya 2024, 23:05
Murabbiy Argentina U-20 terma jamoasini tark etdi.

Xaver Maskerano rasman "Inter Mayami" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Murabbiy bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolandi. Boshqa barcha hujjutlar hal qilinishi bilan Maskerano ishga kirishadi. 

Ma'lumot uchun, Maskerano va Lionel Messi Argentina termasi va "Barselona"da birga o'ynashgan. MLS klubida Messidan tashqari, Luis Suares, Serji Buskets va Jordi Alba ham harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://www.intermiamicf.com/