

"Kanonirlar" ispaniyalik Unai Emeri bilan shartnoma imzolashdi. Klub rasmiy saytidagi xabarda kelishuv muddati keltirilmagan. Xorij OAVsidagi ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak shartnoma 3 yilga mo'ljallangan.
46 yoshli mutaxassis 2016 yildan beri PSJni boshqarib kelayotgan edi. Shu davr mobaynida u parijliklar bilan mamlakat chempioni va kubogi sohibi, shuningdek ikki martadan Liga kubogi va Superkubokni qo'lga kiritdi.




