Rasman: "Tottenxem" portugaliyalik o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
15 yanv 2020, 14:15
"Tottenxem" "Benfika" o'yinchisini ijaraga oldi.

"Shporlar" "Benfika" futbolchisi Jedson Fernandeshni sotib olish huquqi bilan 18 oyga ijaraga olishdi.

"Tottenxem" 21 yoshli o'yinchi uchun bo'lgan raqobatda "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Vest Xem" va "Vulverxempton" klublaridan ustun keldi.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 7ta o'yin o'tkazdi. Fernandesh ingliz jamoasida 30-raqam ostida harakat qiladi.

Oldinroq, londonliklar Jedsonni 60 million evroga sotib olishlari mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial