Rasman: "Toronto" Insine bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2022, 19:42
"Napoli" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorenco Insine "Toronto" bilan 4 yillik kelishuv tuzdi, deya xabar qildi Kanada klubi matbuot xizmati.

30 yoshli italiyalik "Toronto" safiga 2021/22 yilgi mavsum oxirida "Napoli" bilan shartnomasi tugagach qo'shiladi.

Insine MLS jamoasi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi. U har mavsum 15 mln evro oladi.

Insine joriy mavsumda 19 o'yinda 5 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. U 2021 yilning yozida Italiya termasi bilan Yevropa chempioniga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: torontofc.ca