Rasman: Tojikistonlik futbolchi "So'g'diyona"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
1 yanv 2025, 20:13
"So'g'diyona" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Tojikiston milliy terma jamoasi a'zosi, tajribali va mahoratli markaziy yarim himoyachi Ehsoni Payshanbe bilan 2025 yil oxirigacha bo'lgan shartnoma imzolandi.

Futbolchining o'tgan mavsumdagi statistikasi:

Tojikistonning "Istiqlol" klubi safida ichki chempionatda 18 uchrashuvda 5 ta gol kiritib, 10 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Avval "Navbahor", "Zob Ohan" va "Istiqlol" kabi jamoalarda o'ynagan.

Tojikiston milliy terma jamoasi safida 56 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати