Rasman: "Surxon" hujumchisini ijaraga berdi va mahoratli yarim himoyachisi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2025, 16:32
"Surxon" forvardi Abdug'afur Haydarov ijara asosida "Qo'qon-1912" sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"20 yoshli hujumchimiz Abdug'afur Xaydarov "Qo'qon-1912" klubiga ijaraga berildi. Haydarov joriy mavsum oxirigacha qo'qonliklar safida harakat qiladi. Ijara shartnomasida sotib olish bandi ko'zda tutilmagan", – deyiladi xabarda.

20 yoshli Haydarov joriy mavsum "Surxon" safida 15 o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo'q.

Shuningdek, "Surxon" tomonining ma'lum qilishicha, Jahongir Abdusalomov jamoani tark etgan. U 2,5 mavsum davomida barcha musobqalarda 57 o'yin o'tkazib, 15 t gol urgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати