Rasman: Stouns "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
10 avg 2021, 14:28
Himoyachi Jon Stouns "Manchester Siti" bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Tomonlar 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. Bu haqda Angliya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi bilan tuzilgan oldingi shartnoma 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan edi.

Jon 2016 yildan beri Manchester klubida o'ynaydi. "Shaharliklar" uni "Everton"dan 55 mln evro evaziga xarid qilishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com