Rasman: "Spartak" sobiq himoyachisi faoliyatini Superliga klubida davom ettiradi

Alisher
29 yanv 2021, 11:22
Moskvaning "Spartak" jamoasidagi o'yinlari bilan yaxshi tanish himoyachi Evgeniy Makeev faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.

31 yoshli futbolchi Bekobodning "Metallurg" klubi sharafini himoya qiladi.

"Evgeniy O'zbekistonning "Metallurg" klubi bilan shartnoma imzoladi va "Rosich" FKdan ketdi. "Rosich" FK Makeevga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi Moskva klubi matbuot xizmatining xabarida.

Makeev Rossiyada "Spartak", "Rostov", "Rotor" va "Sochi" klublarida o'ynagan. Himoyachi 2019/20 yilgi mavsumda Armanistonning "Ararat" jamoasida harakat qildi.

Evgeniy Rossiya terma jamoasida 3ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcrosich.com