Rasman: Sebastyan Rode boshqa klubga o'tdi

Alisher
27 iyul 2019, 18:32
"Ayntraxt" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Sebastyan Rode bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

O'yinchi klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bitim shartlari esa oshkor etilmayapti.

Rode "Borussiya"ga 2016 yilda "Bavariya"dan 12 million evro evaziga o'tgan edi.

28 yoshli markaziy yarim himoyachi faoliyatini "Kikkers"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 16ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/eintracht_eng