Rasman. "Rostov" Berdievni iste'foga chiqqanini e'lon qildi

6 avg 2016, 23:23
"Rostov" jamoasi bosh murabbiyi Qurbon Berdiev o'z lavozimini tark etdi.


Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qurbon Berdiev o'z arizasiga binoan "Rostov" jamoasi bosh murabbiyiligidan iste'foga chiqarildi.

Qurbon Berdiev klub rahbariyatiga Yevropa chempionlar ligasi 3 saralash bosqichidan so'ng jamoani tark etishi haqida ogohlantirgandi.

Berdievning iste'foga chiqishiga sabab sifatida klubning futbolchilar oldida katta qarzdorligi borligi aytilmoqda.

Tez orada bosh murabbiysiz qolgan Moskvaning "Spartak" jamoasi Qurbon Berdiev bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ростов расмий сайти