Rasman: "Roma" futbolchisi "Selta"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
9 avg 2022
"Selta" matbuot xizmati Karles Peresning "Roma"dan ijaraga olinganini ma'lum qildi.

Kelishuv bir mavsum amal qiladi. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Selta"da 24 yoshli futbolchini 10-12 million evro evaziga sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

O'tgan mavsumda Peres "Roma" tarkibida 28 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://rccelta.es/equipo/actualidad/cesioncarlesperez/