"Roma" hujumchisi "Selta"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
"Roma" hujumchisi Karles Peres "Selta"ga o'tishga yaqin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, 24 yoshli hujumchi Ispaniya klubining shartlariga rozilik bildirgan. Transfer kelasi haftadayoq amalga oshishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Peres "Roma" tarkibida barcha turnirlarda 28 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi. "Transfermarkt" portali uni 6 million evroga baholagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport