Rasman! ​Raneri - "Uotford" bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021
Italiyalik taniqli murabbiy Klaudio Raneri Angliyaga qaytdi.

"Uotford" 69 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Klaudio Raneri ilgari Angliya Premer-ligasida "Chelsi", "Lester" va "Fulxem" klublarini boshqargan. 

U "Lester" bilan 2015/2016 yilgi mavsumda mamlakat chempioni bo'lgan.

Klub yakunlangan etti turdan so'ng Angliya chempionatida etti ochko to'plagan holda 15-o'rinda bormoqda.

"Uotford" kelgusi uchrashuvni shanba, 16 oktyabr kuni o'tkazadi. Jamoa 8-turda "Liverpul"ni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: watfordfc.com