"Bayer" "Manchester Siti" futbolchisini ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
21 avg 2025, 23:50
"Bayer" Klaudio Echeverrining "Manchester Siti"dan ijaraga olinganini ma'lum qildi.

Ijara muddati ushbu mavsum yakunigacha amal qiladi. Argentinalik futbolchi yangi jamoasida 9-raqam ostida o'ynaydi.

19 yoshli yarim himoyachi yarim yil oldin "River Pleyt"dan "Siti"ga o'tgandi. Shu davr mobaynida u 3 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bayer04.de