Rasman: "Qizilqum" ikki nafar futbolchini qo'shib oldi

Iskandarov Abdulaziz
22 iyul 2022, 16:50
Ikkinchi davraga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" navbatdagi transferlarni e'lon qildi.

Faoliyati davomida "Bunyodkor", "Dinamo" va AGMK jamoalarida to'p so'rgan, tajribali markaziy himoyachi Dilshod Jo'raev endilikda "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qiladi. 


"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Qizilqum"ga o'tdi


Futbolchi xaqida ma'lumot: 

Ismi: Dilshod Jo'raev

To'g'ilgan yili: 21.04.1992 y.

Amplua: Himoyachi


Dilshod Jo'raev fikrlari: Jamoa rahbariyati va murabbiy menga ishonch bildirishdi bundan juda xursandman. Ushbu jamoani tanlashimni sababi Bu yerda juda ko'plab birga to'p surgan jamoadoshlarim xarakat qilishmoqda. "Qizilqum" bilan kelajakda sovrinli o'rinlarni egallashni maqsad qilganman.


 Birinchi davrada "Olimpik" jamoasi tarkibida harakat qilgan iqtidorli yarimhimoyachi Davron Anvarov faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi.  Faoliyati davomida "Metallurg" va "Olimpik" jamoalarida to'p so'rgan, yosh va iqtidorli yarimhimoyachi Davron Anvarov endilikda "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qiladi.

To'liq ismi: Davron Anvarov

Tug'ilgan vaqti: 06.03.2001 

Amplua:  Yarimhimoyachi

Davron Anvarov fikrlari: "Qizilqum" jamoasidan taklif oldim. Bu yerdagi barcha sharoitlar menga maqul bo'ldi va men Navoiy jamoasini tanladim. Mashg'ulotlar yaxshi ketmoqda. Jamoaga moslashib ketdim. Jamoadoshlarim bilan kirishib ketish qiyin bo'lmadi ular meni yaxshi kutib olishdi. Maqsadim jamoa bilan Superligada yuquri o'rinlar uchun kurashish.



O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати