Rasman: "Qizilqum" chernogoriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025, 18:02
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

19 yanvar kuni saytimizda "Qizilqum"ga yana bir legioner kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Turon"da o'ynagan legioner futbolchi Superligaga qaytyapti

Biroz avval Navoiy klubi matbuot xizmati bu haqda rasman ma'lum qildi.

Chernogoriyalik markaziy himoyachi Nikola Kumburovich endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Rahbariyat va Nikola Kumburovich o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

Nikola Kumburovich haqida:

Tug'ilgan sanasi: 13.11.1999

Tug'ilgan joyi: Chernogoriya

Ampluasi: Himoya

To'p tepgan jamoalari: "Chernomorec" (Rossiya), "Turon" (O'zbekiston), "Iskra" (Chernogoriya).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати