

PSJ "Bavariya" futbolchisi Lyuka Ernandesning transferini rasman e'lon qildi. Lyuka Parij klubi bilan 2028 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, ushbu transfer qiymati 48-50 mln evro atrofida bo'lishi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Lyuka Ernandes 2019 yildan beri "Bavariya"da harakat qilib kelardi. O'sha yili Ernandes "Atletiko"dan 80 mln evroga sotib olingandi.



