Rasman: PSJ Lyuka Ernandes transferini e'lon qildi

Administrator
9 iyul 2023, 19:32
"Bavariya" futbolchisi endi Parij klubida harakat qiladi.

PSJ "Bavariya" futbolchisi Lyuka Ernandesning transferini rasman e'lon qildi. Lyuka Parij klubi bilan 2028 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 

Avvalroq, ushbu transfer qiymati 48-50 mln evro atrofida bo'lishi ma'lum qilingandi. 

Ma'lumot uchun, Lyuka Ernandes 2019 yildan beri "Bavariya"da harakat qilib kelardi. O'sha yili Ernandes "Atletiko"dan 80 mln evroga sotib olingandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: psg.fr