Lyuka Ernandes mashg'ulotlarga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2023
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes bugundan to'p bilan shug'ullanishni boshladi.

Fransiya termasi vakili bir necha hafta davomida o'ng tizza xochsimon bo'g'imi shikastlanishi tufayli maydondan chetda qoldi. Ushbu jarohatni futbolchi JCH-2022 1-turi doirasida Avstraliyaga qarshi o'yinda olgandi. 

Mart oyida futbolchi yugurish mashqlarini bajara boshlagandi.

Mana uzoq tanaffusdan keyin Lyuka yana maydonda, to'p bilan shug'ullana boshladi.

Eslatib o'tamiz, ertaga "Bavariya" safarda "Manchester Siti"ga qarshi YCHL chorak finali birinchi uchrashuvini o'tkazadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ФК "Бавария"