

"L’Équipe" xabariga ko'ra, klublar o'rtasida muzokaralar boshlangan. Tomonlar to'g'ri yo'nalish tanlashgan va ikki klub ham Lyukaning transferiga ishonchi komil bo'lib turibdi. Futbolchining o'zi ham Parij klubi bilan kelishib olgan. "Bavariya" yana bir yillik shartnomasi qolgan futbolchisining kyetishidan 35-40 mln evro miqdorida mablag' ishlab oladi.
O'tgan mavsumda markaziy himoyachi "Bavariya" tarkibida 11 o'yin o'tkazdi. Uning so'nggi o'yini 2022 yil 22 noyabr kuni Fransiya - Avstraliya o'yini bo'lgan va u o'shanda jiddiy jarohat olib, mavsumni o'rtasidayoq yakunlab qo'ygandi.



