Lyuka Ernandes Evro-2024ni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2024
PSJ va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Lyuka Ernandes Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydi.

O'yinchi YCHL yarim finali doirasidagi "Borussiya D" (0:1) bilan o'yinda chap tizzasidan jarohat olgan.

O'tgan mavsumda markaziy himoyachi "Bavariya" tarkibida 11 o'yin o'tkazdi. Uning so'nggi o'yini 2022 yil 22 noyabr kuni Fransiya - Avstraliya o'yini bo'lgan va u o'shanda jiddiy jarohat olib, mavsumni o'rtasidayoq yakunlab qo'ygandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: L’Équipe