Rasman: Postekoglu – "Tottenxem" bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023, 14:46
"Seltik" ustozi Ange Postekoglu "Tottenxem" boshqaruviga keldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

57 yoshli mutaxassis "shporlar" bilan 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Avvalroq u barcha hujjamtlarga imzo chekib bo'lgani ma'lum qilingan edi.

Postekoglu 2021 yildan beri "Seltik"da ishlab kelayotgandi. Uning jamoasi yakunlangan mavsumda Shotlandiya chempioni bo'ldi va mamlakat Kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com