

Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

57 yoshli mutaxassis "shporlar" bilan 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
Avvalroq u barcha hujjamtlarga imzo chekib bo'lgani ma'lum qilingan edi.
Postekoglu 2021 yildan beri "Seltik"da ishlab kelayotgandi. Uning jamoasi yakunlangan mavsumda Shotlandiya chempioni bo'ldi va mamlakat Kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritdi.



